🏆 “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi yakunlandi.

Samarqandda “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

4–8 may kunlari davom etgan mazkur tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan direktor o‘rinbosarlari va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

📚 Tanlov uch bosqichda:
✅ test sinovi
✅ loyiha taqdimoti
✅ ochiq mashg‘ulotlar

asosida shaffof va adolatli tarzda tashkil etildi.

🌟 Hududiy bosqich g‘oliblari:

🏅 “Eng namunali direktor o‘rinbosari”
Butayeva Shaxlo Samat qizi — Kattaqo‘rg‘on shahar 19-DMTT

🏅 “Eng yaxshi o‘yin orqali ta’lim beruvchi tarbiyachi”
Umarova Rahima Muhamad qizi — Samarqand shahar 64-DMTT

🏅 “Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”
Rahmonova Zarshida Zokirovna — Toyloq tumani 35-DMTT

🏅 “Eng yaxshi eko-targ‘ibotchi tarbiyachi”
Sharipova Sitora Quziyevna — Kattaqo‘rg‘on shahar 22-DMTT

🏅 “Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”
Pulatova Gulandon Husan qizi — Toyloq tumani 44-DMTT

🏅 “Ma’naviy qadriyatlar tarbiyachisi”
Fayziyeva Nigora Aslamovna — Samarqand tumani 26-DMTT

🏅 “O‘yin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”
Erkinova Diyoraxon Akbar qizi — Bulung‘ur tumani YATT tizimi

🏅 “Eng namunali tarbiyachi”
Ibragimova Rayhona Nasimovna — Oqdaryo tumani YATT tizimi

🌱 Tanlov davomida taqdim etilgan innovatsion loyihalar, o‘yin asosidagi ta’lim metodlari, ekologik tarbiya hamda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.

Bugun Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalar namoyish etildi.

Tadbirda so‘z olganlar keyingi yillarda yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimiga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda tarbiyachilar mehnatini munosib rag‘batlantirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar.

G‘olib va sovrindorlarga diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Samarqand viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi I. Rahimov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan 24 nafar g‘olib tarbiyachilarga Xorazm viloyatiga 3 kunlik bepul sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi.