Joriy yilda ham yangi 2026-yil oldidan ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, rahbar kadrlarning tashabbuskorligi va mas’uliyatini kuchaytirish, tizimda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ilg‘or tajriba va metodik yondashuvlarni keng targ‘ib etish, о‘quv dasturlari va darsliklardagi yangiliklarni pedagoglarga yetkazish, innovatsion texnologiyalarini joriy etish orqali zamonaviy ta’lim talablariga mos raqobatbardosh avlodni tarbiyalashga xizmat qiluvchi muhim va ustuvor yо‘nalishlarni aniqlab olish maqsadida “Bugungi ta’lim-ertangi taraqqiyot” mavzusida о‘tkazilishi belgilangan.
Bugungi kunda Kattaqо‘rg‘on shahrining ta’lim tizimida 83 ta tashkilot bо‘lib, shundan 25 ta davlat, 3 ta nodavlat, 4 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi, 26 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari, 17 ta davlat umumta’lim maktablari, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar markabi, 1 ta maxsus maktab-internat, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 2 ta nodavlat umumta’lim maktablari faoliyat kо‘rsatib kelishmoqda.
MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHIDA
Shaharda 7958 nafar 3-6 yoshli bolalar bо‘lib, 58 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. Shundan 25 ta davlat, 4 ta DXSH, 3 ta xususiy va 26 ta oilaviy-nodavlat bog‘chalarga 3-7 yoshdagi 7958 nafar bolalardan 7156 nafari yoki 89,9 foizi qamrab olingan.
Tarbiyachilarning sifat tarkibiga e’tibor qaratadigan bо‘lsak sо‘nggi yillarda DMTTlarda 360 nafar pedagog hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Ularning bor yо‘g‘i 28 nafarida toifalari mavjud xolos. Xususan 2-5-9-15-19-22-DMTTlarning kо‘rsatgichi qolganlarga nisbatan ijobiy lekin, 25-24-23-18-14-12-7-6-4-DMTTlarning tarbiyachilarining birortasida malaka toifalari mavjud emas. Ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlarining ishlari qoniqarli darajada emas.
2024-yilda yil tarbiyachisi kо‘rik tanlovining viloyat bosqichida 2 ta tarbiyachi ishtirok etib Respublikada ikkalasi xam faxrli о‘rinlarni egallagan. 2025-yilda esa 1 nafar tarbiyachi viloyatda g‘olib bо‘lib, Respublikada о‘rin ololmadi. Bu xam boxcha direktorlarining tarbiyachilar bilan о‘zaro aloqasi qoniqarli holatda emasligi ma’lum bо‘lmoqda.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING SIFAT TARKIBI.
Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 981 nafar pedagog xodimlarning Oliy va birinchi toifali о‘qituvchilar ulushi 403 nafar (41,1 foiz) tashkil etadi. Shahar kо‘rsatgichi о‘tgan yiliga nisbatan 0.8 % о‘sish kuzatilgan. 14-3-11-4-maktablarning kо‘rsatgichi 50%dan yuqori bо‘lgan bir paytda, 1-20-18-maktablarning kо‘rsatgichi shaharda eng oxirgi о‘rinlarni tashkil etib shahar kо‘rsatgichini orqaga tortmoqda. О‘tgan о‘quv yiliga nisbatan 1-8-12-maktablarning kо‘rsatgichi keskin tushib ketgan.
2025-YIL KUZGI (AVGUST-DEKABR) ATTESTATSIYA NATIJALARINING TAHLILI.
О‘tkazilgan attestatsiya natijalariga kо‘ra jami 476 nafar pedagoglar ishtirok etgan bо‘lib, о‘rtacha balla 60.4 ballni tashkil etgan. О‘qituvchilar pul tо‘lab ishtirok etgan bо‘lsada 176 nafari о‘z ustida ishlamasdan 56 balldan past natija kо‘rsatgan. Bular asosan tarbiyachilar, ingliz tili, matematika, boshlang‘ich ta’lim, ona tili va adabiyoti hamda rus tili fanidan dars beradigan о‘qituvchilar judayam yomon natija kо‘rsatgan. Xususan 1-2-3-9-16-17-20-maktablarda 56 balldan past natija kо‘rsatgan о‘qituvchilar ulushi kо‘proq tashkil etmoqda.
PEDAGOGOLARNING UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASI BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TAHLILI.
Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 983 nafar pedagog xodimlarning 261 nafar (27,0 foiz)ida umumta’lim fanlarini bilish darajasi bо‘yicha sertifikatlari mavjud.
Shahar kо‘rsatgichi о‘tgan yiliga nisbatan 14.0 % kо‘tarilish kuzatilgan. 8-15-4-maktablarning kо‘rsatgichi 40%dan yuqori bо‘lgan bir paytda, 1-maktab (9.5%), 20-maktab (14%) kо‘rsatgich bilan shaharda eng oxirgi о‘rinlarni tashkil etib shahar kо‘rsatgichini orqaga tortmoqda.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING OLIY TA’LIM MUASSASASIGA KIRISH KO‘RSATGIVHLARI BO‘YICHA TAHLILI.
2024-2025-yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 841 nafar bitiruvchilarning 308 nafari (36,6 foiz) oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirib, viloyatda 2 о‘rin, respublikada 30-о‘rinni egalladi.
Tahlillarga kо‘ra 2024-2025-yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 16-4-11-maktablarning kirish kо‘rsatgichi eng yuqori bо‘lgan bir paytda, 9-maktab (14.3%), 20-maktab (20.7%), 13-maktab (21.0%)ni tashkil etib о‘tgan yilgi kо‘rsatgichlaridan pastga qarab kamayish kuzatilgan. Xususan 17-3-20-maktablarda о‘tgan о‘quv yiliga nisbatan kirish kо‘rsatgichi pasayib ketgan.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING OLIY TA’LIMGA KIRISH O‘RTACHA BALLARI BO‘YICHA TAHLILI.
2024-2025-yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 841 nafar bitiruvchilarning 308 nafari (36,6 foiz) oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirib о‘rtacha bali 86,0 balni tashkil etib viloyatda 2 о‘rin, respublikada 34 о‘rinni egalladi.
Tahlillarga kо‘ra 2024-2025-yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 16-11-17-maktablarning kirish kо‘rsatgichi eng yuqori bо‘lgan bir paytda, 13-maktab (67.9%), 5-maktab (68.7%), 20-maktab (75.5%)ni tashkil etib о‘tgan yilgi kо‘rsatgichlaridan pastga qarab kamayish kuzatilgan. Xususan 8-5-13-maktablarda о‘tgan о‘quv yiliga nisbatan о‘rtacha ball kо‘rsatgichi pasayib ketgan.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI CHET TILLARINI BILISH DARAJASI BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TAHLILI.
Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 16574 nafar о‘quvchilarning 248 nafar (1,5 foiz)ida umumta’lim fanlarini bilish darajasi bо‘yicha sertifikatlari mavjud.
Shahar kо‘rsatgichi о‘tgan yiliga nisbatan 0,9 % kо‘tarilish kuzatilgan. 14-11-2-3-maktablarning kо‘rsatgichi 2.4%dan yuqori bо‘lgan bir paytda, 9-maktab (0.2%), 20-maktab (0.3%), 15-maktab (0.5%) kо‘rsatgich bilan shaharda eng oxirgi о‘rinlarni tashkil etib shahar kо‘rsatgichini orqaga tortmoqda. Xususan 9-15-20-maktablarda о‘tgan о‘quv yiliga nisbatan sertifikatlar kо‘rsatgichi deyarli oshmagan.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASI BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TAHLILI.
Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 16574 nafar о‘quvchilarning 147 nafar (0,9 foiz)ida umumta’lim fanlarini bilish darajasi bо‘yicha sertifikatlari mavjud.
Shahar kо‘rsatgichi о‘tgan yiliga nisbatan 0,8 % kо‘tarilish kuzatilgan. 14-2-4-16-maktablarning kо‘rsatgichi 1.4%dan yuqori bо‘lgan bir paytda, 20-maktab (0.3%), 6-maktab (0.4%), 1-maktab (0,4%) kо‘rsatgich bilan shaharda eng oxirgi о‘rinlarni tashkil etib shahar kо‘rsatgichini orqaga tortmoqda. Xususan 20-6-1-maktablarda о‘tgan о‘quv yiliga nisbatan sertifikatlar kо‘rsatgichi deyarli oshmagan.
ASOSIY FAN OLIMPIADASINING TAHLILI.
2024-2025-о‘quv yilida asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichida jami 612 nafar 9-10-11-sinf о‘quvchilari ishtirok etib, shundan 108 nafari g‘olib bо‘lib viloyat bosqichida ishtirok etgan. Shundan 7 nafari (11-14-16-17-20-maktab) Respublika bosqichida ishtirok etish uchun faxrli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan.
Ming afsuski 2025-2026-о‘quv yilida asosiy fan olimpiadasining shahar bosqichida jami 608 nafar 9-10-11-sinf о‘quvchilari ishtirok etib, shundan 106 nafari g‘olib bо‘lib viloyat bosqichida ishtirok etgan. Shundan 2 nafar (6-maktab) о‘quvchi Respublika bosqichida ishtirok etish yо‘llanmasini qо‘lga kiritgan. Kо‘rinib turibdiki maktab direktorlari asosiy fan olimpiadasining maktab bosqichini о‘tkazishda “panja” ortidan qarab shahar reytingiga jiddiy ta’sirini kо‘rsatgan. Bu holga direktor qanday qilib о‘zlarini oqlay olishadi.
ASOSIY FAN OLIMPIADASIDA ENG PAST KO‘RSATGICHNI QAYD ETGAN FANLAR BO‘YICHA TAHLILI.
Asosiy fan olimpiadasida eng yuqori ball 100 ballni tashkil etadi. Viloyat bosqichida fanlar asosan 2 bosqichdan iborat bо‘lib test va yozma shaklda о‘tkaziladi. О‘tkazilgan olimpiada natijalari fanlar kesimida tahlil qilinganda shuni kо‘rsatadiki fizika (о‘rtacha 9.9 ballni), informatika (о‘rtacha 14 ballni), kimyo (о‘rtacha 19.9 ballni), matematika (о‘rtacha 27.8 ballni) hamda biologiya (о‘rtacha 50.2) fanlari shahar bо‘yicha eng yomon natijalarni kо‘rsatib bu fan о‘qituvchilari bu natijalarga qanday izoh berishadi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH.
Hozirda bо‘lim tasarrufidagi 17 ta umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida jami 16599 nafar о‘quvchilar tahsil olib kelmoqda.
2024-yilda 2 ta jinoyat (9,14-maktab) 2 nafar ishtirokchilar qayd etilgan bо‘lsa, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi olib borilgan chora-tadbirlar natijasida о‘tgan yilga nisbatan joriy yil boshidan hozirga qadar 1 ta jinoyat (1-maktab) qayd etildi. 2025-yil davomida
18 nafar о‘quvchilar xorijga ruxsatsiz chiqib ketgan bо‘lib, bugungi kunda 9 nafari ta’limga qaytarildi.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida jami 107 ta tashkil etilgan sport tо‘garaklar, seksiyatslar va klublarga va fan tо‘garaklariga 12933 nafar о‘quvchilar jalb etilgan.
Demak tahlillar shuni kо‘rsatadiki ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar natijadorligi bо‘yicha shahar bosqichida о‘tkazilgan tanlovlarda
2-5-6-9-11-15-16-17-maktablar faol ishtirok etishgan, viloyat miqyosida о‘tkazilgan tanlovlarda 2-5-6-11-16-17-maktablar ishtirok etishgan. Respublika bosqichida 11-17-maktablar faol ishtirok etib faxrli о‘rinlarni xam qо‘lga kiritishgan. Xalqaro tanlovda faqat 11-maktab ishtirok etgan. Yil davomida о‘tkaziladigan tanlovlarda sustkashlikka yо‘l qо‘ygan 1-4-8-12-20-maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha direktor о‘rinbosari e’tiborsizligi sabab iqtidorli о‘quvchilar tanlovlarda ishtirok etmay qolishgan. Bunga direktor о‘rinbosarlari nima deb javob berishadi. Valongki qolgan maktablarning о‘rinbosarlari kabi bir xil sharoitda va bir xil maoshda faoliyat kо‘rsatib kelmoqda.
2025-YIL DAVOMIDA O‘TKAZILGAN TANLOVLARDA G‘OLIB BO‘LGAN O‘QUVCHILAR VA JAMOALAR HAQIDA MA’LUMOT.
Joriy yilda Respublika miqyosida о‘tkazilgan 11-MAKTABNING о‘quvchilari Gruziyada bо‘lib о‘tgan «FIESTALONIA GEORGIA» Xalkaro tanlovida milliy cholg‘u yunalishida faxrli 1-о‘rinni, “Yosh gvardiyachi” tanlovining Respublika bosqichida 1-о‘rin, “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining Respublika bosqichida 2-о‘rin, “Eng yaxshi bezatilgan maktab” Respublika tanlovida faxrli 3-о‘rin,
3-MAKTABNING 8-“G ” sinf о‘quvchisi Shakarova Parvina Shuxrat kizi О‘smirlar о‘rtasidi Iordaniya respublikasining Amman shaxrida о‘tkazilgan Sportning “Boks” turi bо‘yicha 1-о‘rinni, 4-MAKTABNING 9-“B ” sinf о‘quvchisi Xudayberdiyev Shoxrux Qaxramon о‘g‘li Sportning “Erkin kurash” turi bо‘yicha Xalqaro turnirda 2-о‘rinni, 5-MAKTABNING 3-“A”sinf о‘quvchisi Jomurodov Qodirjon Mental arifmetika bо‘yicha Dubayda о‘tkazilgan Xalqaro musobaqada 2-о‘rinni egallab viloyat shanini munosib himoya qilishgan.
Viloyat miqyosida о‘tkazilgan 2-MAKTABNING о‘quvchilari “Yosh qutqaruvchi” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-о‘rinni, Yoshlik sport jamoalari 2025 sport musoboqasining “Qо‘l tо‘pi’’ viloyat bosqichida 3-о‘rinni, 5-MAKTABNING о‘quvchilari “Yengil atletika” bо‘yicha 11-A sinf о‘quvchisi Raxmatov Maxmud viloyatda Xalqaro turnirda faxrli 3-о‘rinni, 5 tashabbus olimpiadasining Stritbol sport turi bо‘yicha viloyat miqyosida faxrli 2-о‘rinni, 6-MAKTABNING о‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida maktabning
9-sinf о‘quvchisi Ikromov Jahongir faxrli 2-о‘rinni hamda 11-sinf о‘quvchisi Rizakulov Komil faxrli 3-о‘rinni, “Yilning eng iste’dodli yosh shoiri” kо‘rik-tanlovida viloyat bosqichida 3-о‘rinni, 8-MAKTABNING о‘quvchilari sportning “Kyokushin –kai Karate” turi buyicha respublika 1-о‘rinni, 9-MAKTABNING о‘quvchilari sportning “Badminton” turi buyicha respublika 3-о‘rinni, 11-MAKTABNING о‘quvchilari 5 tashabbus olimpiadasida Sportning yengil atletika turi bо‘yicha viloyatda 1-о‘rinni, “О‘q otish” sport turi buyicha “Qо‘mondon kubogi” musobakasida umumjamoa xisobida faxrli 1-о‘rinni, 14-MAKTABNING о‘quvchilari tomonidan sportning “Kiyokushunkay karakte” turi bо‘yicha О‘rta Osiyoda faxrli 1-о‘rinni, 15-MAKTABNING о‘quvchilari tomonidan Sportning Voleybol turi bо‘yicha о‘smir qizlar о‘rtasida viloyat chempionatida 2-о‘rinni, 17-MAKTABNING о‘quvchilari tomonidan “Kitobxonlik festivali” doirasida о‘tkazilgan “Eng faol kitobxon о‘quvchi”, “Ertakchi bolajon” tanlovlarining viloyat bosqichida 11-A sinf о‘quvchisi O.Ikromiddinova, 3-A sinf о‘quvchisi M.Raxmonovalar 1-о‘rinni, sportning “Shaxmat” turi bо‘yicha о‘tkazilgan musobaqaning viloyat bosqichida 2-о‘rinni, “Men giyoxvandlikka qarshiman” insholar tanlovida viloyatda 1-о‘rinni, Sportning “Gandbol” turi buyicha viloyatda 2-о‘rinni, о‘quvchilar о‘rtasida о‘tkazilgan Zakovat intelektual о‘yinining viloyat bosqichida 2-о‘rinlarni egallab shahrimiz nomini yana bir munosib himoya qilishgan.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI VA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI RAHBARLARI MENEJERLIK O‘QUV KURSLARIDAGI ISHTIROKI.
2025 yil davomida menejerlik о‘quv kurslariga 11 nafar (5-8-9-11-13-15-18-20-maktablar hamda 5-16-17-DMTT direktori) amaldagi direktorlar jalb qilinib, 9 nafari (82,0 foiz) kursni muvaffaqiyatli tugatgan bо‘lsa, 2 nafari (18,0 foizi) о‘quv kursini salbiy natija bilan yakunladi. Salbiy natija bilan yakunlagan direktorlarga yanvar va fevral oyida qayta topshirish imkoniyati borligini inobatga olib о‘z ustida ishlab sertifikatni qо‘lga kiritish bо‘yicha amaliy yordamlar kо‘rsatilmoqda.
Shuningdek 2 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti (23-24-DMTT) direktorligi vakant hamda 6 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti
(1-9-11-20-21-25) direktorlari vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlangan. Ushbu ta’lim tashkiloti direktorlari bilan doimiyga tayinlash bо‘yicha tegishli tartibda menejerlik sertifikatlarini qо‘lga kiritish uchun navbatdan tashqari arizalar topshirilgan. Sertifikatni qо‘lga kiritib viloyat direktorlar kengashidan suhbatlar о‘tgandan sо‘ng doimiy direktorlik lavozimiga tayinlanish bо‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA HAM QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI:
2024-2025-о‘quv yilida umumta’lim maktablarini jami 841 nafar 11-sinf о‘quvchilar tugatgan bо‘lib. Shundan:
- 510 nafari oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirgan;
- 31 nafari texnikumlarga о‘qishga kirgan;
- 59 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;
- 190 nafari о‘z-о‘zini band qilganlar;
- 21 nafari о‘quv kurslariga;
- 18 nafari chet elga ketgan;
- 11 nafari esa doimiy ish bilan band.
Bundan tashqari 9-sinf о‘quvchilari esa jami 1526 nafar о‘quvchilar tugatgan bо‘lib, shundan;
- 907 nafari umumta’lim maktablarida 10-sinfni davom ettirish uchun qoldi;
- 491 nafari kollej yoki texnikumlarga о‘qishga kirdi;
- 38 nafari akademik litseylariga о‘qishga kirdi;
- 85 nafari esa boshqa tuman yoki viloyatlarga о‘qishga ketgan;
- 5 nafari chet elga о‘qish uchun ketgan.
О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA HAM QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI:
2025-2026-о‘quv yilida umumta’lim maktablarini jami 724 nafar 11-sinf о‘quvchilar tugatmoqda, olingan sо‘rovnoma natijalariga kо‘ra. Shundan:
- 525 nafari oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirish;
- 51 nafari texnikumlarga о‘qishga kirish;
- 67 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;
- 17 nafari о‘z-о‘zini band kasb о‘rganish bilan badn qilish;
- 21 nafari о‘quv kurslariga borish;
- 64 nafari chet elga ketish;
- 17 nafari esa doimiy ish bilan band bо‘lish istaklarini bildirishgan.
Bundan tashqari 9-sinf о‘quvchilari esa jami 1665 nafar bitiruvchilar tahsil olmoqda, shundan;
- 961 nafari umumta’lim maktablarida 10-sinfni davom ettirish uchun;
- 494 nafari kollej yoki texnikumlarga о‘qishga kirish;
- 210 nafari akademik litseylariga о‘qishga kirish istaklarini bildirishdi.
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Mavjud 24 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy texnik bazasini yaxshilash uchun 2024 yilda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 2 mlrd 311 mln sо‘m pul mablag‘i ajratil jumladan; qurilish ta’mirlash ishlari uchun 199 mln, elektron jixozlar va kompyuter texnikalari uchun 444 mln, issiqlik tizimini yaxshilash va quyosh panellari uchun 752 mln, maishiy tavarlar uchun 557 mln, hamda maishiy xizmatlar uchun 359 mln sо‘m pul mablag‘lari sarflangan bо‘lsa joriy 2025 yilda jami 5 mlrd 223 mln sо‘m pul mablag‘lari ajratilgan. Jumladan; Tashabbusli byudjet uchun 2 mlrd 5 mln sо‘m, maishiy texnik jixozlar uchun 350 mln sо‘m, maishiy xujalik jixozlari uchun 676 mln sо‘m, issiklik tizimi va quyosh panellari uchun 897 mln sо‘m, boshka xarajatlar uchun 800 mln sо‘m pul mablag‘lari ajratilib qurilish ta’mirlash va jixozlash ishlari amalga oshirildi.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Shahrimizdagi 17 ta umumta’lim maktablarining moddiy texnik bazasini yaxshilash uchun 2024 yilda Tashabbusli byudjet uchun 791 mln sо‘m, qurilish ta’mirlash ishlari uchun 325 mln. sо‘m, istish tizimlari uchun 94 mln sо‘m, о‘quv jihozlari uchun 800 mln sо‘m, ishchi xodimlarni rahbatlantirish uchun 235 mln sо‘m, kasbga yunaltirish uchun uchun 45 mln sо‘m, elektron jixozlar uchun 129 mln sо‘m, maishiy texnik jixozlar uchun 69 mln sо‘m, maishiy xizmatlar uchun 50 mln. sо‘m pul mablag‘lari ajratildi. Shu jumladan 2025 yilda Tashabbusli byudjet uchun 1 mlrd. 911 mln sо‘m, qurilish ta’mirlash ishlari uchun 183 mln sо‘m, kuyosh paneli uchun 521 mln sо‘m, isitish tizimi 160 mln sо‘m, rahbatlantirishlar uchun 235 mln sо‘m, о‘quv jihozlari uchun 86 mln sо‘m, kasbga yunaltirish ishlari uchun 108 mln sо‘m, elektron jixozlar uchun 179 mln sо‘m, maishiy xizmatlar uchun 117 mln. sо‘m pul mablag‘lari ajratilib qurilish ta’mirlash va jixozlash ishlari amalga oshirildi.
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI TOPILGAN MABLAG‘LARNING TAHLILI.
2024-yil yakunlari bо‘yicha 597 mln 204 ming sо‘m mablag‘ maktablar tomonidan byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar bо‘lib о‘rta bir о‘quvchiga 36ming sо‘mdan tо‘g‘ri kelgan.
2025-yil yakunlari bо‘yicha 754 mln 831 ming sо‘m mablag‘ maktablar tomonidan byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar bо‘lib о‘rta bir о‘quvchiga 45ming sо‘mdan tо‘g‘ri kelgan.
Tahlillar shuni kо‘rsatyaptiki 14-2-3-17-11-maktablarning yil davomida byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lari 100mlndan oshgan bir vaqtda, 12-maktabniki 997 ming, 4-maktabniki 1mln 700ming, 5-maktabniki 3mln 109mingni tashkil etmoqda. Maktab rahbarlari tomonidan byudjetdan tashqari mablag‘ topish bо‘yicha jiddiy shug‘allanmagan faqatgina nomigagina pul tashlab qо‘ygan xolos.
2026 YILDAGI USTUVOR VAZIFALAR
4 ta oilaviy nodavlar maktabgacha ta’lim tashkiloti (200 о‘rinli) ochilish hamda 300 ta bо‘sh о‘rinlarni tо‘ldirish evaziga shaharda 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha qamrovini 91,4 foizga yetkazish.
TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH
2025-2026 yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 729 nafar bitiruvchilarning о‘rtacha bali 86,0 baldan 92,0 balga kо‘tarilib respublikada 25 о‘ringa kо‘tarilish.
Shahardagi 17 maktablarda yangi baholash tizimi joriy etilib, о‘rtacha о‘zlashtirish 5 balga kо‘tarilib 74,3 balni tashkil etish.
2026-2027 о‘quv yilida 8 nafar xorijiy mutaxassis (pedagog) jalb etilishi rejalashtirilgan.
Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan о‘quvchilarning chet tili fanidan tilni bilish sertifikati 2,1 foizga kо‘tarish.
Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 7 nafar о‘quvchi g‘oliblikni qо‘lga kiritib bu kо‘rsatkich bо‘yicha viloyatda 7 о‘rinni egallash reja kiritdik.
Shahardagi 6 ta (2 maktabda yosh dasturchi, 5 maktabda kompyuter operatori, 9 maktabda yosh dasturchi, 11 maktabda kompyuter operatori, 12 maktabda kompyuter operatori, 15 maktabda kompyuter operatori) maktablarda 435 nafar о‘quvchilarga kasbga о‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq, Prezident sovrini uchun “Xorijiy tillarni о‘qitish bо‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi о‘tkaziladi. Ushbu tanlovning shahar bosqichida 17 ta umumiy о‘rta ta’lim maktabi jamoalari ishtirok etishi, va g‘olib bо‘lgan maktab jamoasi viloyatda
1-о‘rinni egallashi rejalashtirilgan.
Shahardagi faoliyat kо‘rsatayotgan pedagog-xodimlarning sifat tarkibini 37 foizdan 43 foizga oshirilib, mutaxasis toifali о‘qituvchilar ulushi 20 foizga kamaytiriladi.
2026-yil davomida bо‘lib о‘tgan Pedagog kadrlar attestatsiyasida 952 nafar xodimlar ishtirok etishi 396 nafari (41,6 foiz) ijobiy natija qayd etishi rejalashtirilgan.
2026-yil davomida menejerlik о‘quv kurslariga 11 nafar (4 ta maktab, 7 ta DMTT) amaldagi direktorlar jalb qilinib, 11 nafari (100 foiz) kursni muvaffaqiyatli tugatadi va sertifikatni qо‘lga kiritadi.
2026-yil davomida jami pedagoglarning 284 nafari malaka oshirish kurslariga jalb qilinadi. Kasbiy rivojlantirish kuni doirasida 159 nafar yetakchi о‘qituvchilar kasbiy rivojlantirish soatlari doirasida 646 nafar tinglovchilar о‘qitiladi. Shuningdek KRK kunlari maktabdagi pedagoglar doimiy ravishda APRO testlarini olib xar xafta maktab rahbariyati tomonidan muhokama yig‘ilishlari о‘tkaziladi.
MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH
“Kelajak markazi”da jami 57 ta tо‘garaklarga о‘quvchilar jalb qilinib tо‘garakka qamrab olish 8,9 foizga yetkaziladi.
MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH.
Investitsiya dasturi doirasida 12-maktabga 240 о‘rinli yangi qо‘shimcha bino, 3 ta DMTT (9-DMTT 180 о‘rinli binosi mukammal ta’mirlash, 17-DMTT 180 о‘rinli, 23 DMTT 180 о‘rinli) bino rekonstruksiya qilinadi.
2026 yilda 4 ta (3-, 14-, 16-, 17-)maktablarga kompyuter jamlanmasi beriladi.
Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 17 ta maktab (3,3 mlrd) va 24 ta DMTTlar (13,6 mlrd) joriy ta’mirlash va kuz-qish mavsumi uchun mablag‘ ajratilishida shahrimiz hokimimizdan amaliy yordam kо‘rsatishda iltimos qilamiz .
BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘ TOPISH.
Ta’lim tashkilotidagi bо‘sh yerlarini ijaraga berish va qо‘shimcha ta’lim xizmatlarini yо‘lga qо‘yish orqali 854 mln sо‘m mablag‘i jamg‘ariladi va bu mablag‘ har bir о‘quvchi uchun 51,0 ming sо‘mdan tо‘g‘ri keladi.
Hurmatli pedagoglar!
Albatta, oldimizda turgan vazifalar kо‘lami keng. Har bir amalga oshiradigan ishimiz Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun bо‘lishi kerak!
Yangi О‘zbekiston kelajagi bо‘lgan yosh avlodni ona Vatanimizga muhabbat va sadoqat ruhida, ajdodlarimizga munosib avlod etib tarbiyalashda Sizlarning fidoyiligingiz biz uchun muhim.
О‘ylaymanki, kelgusidagi ishlarimizni izchil davom ettiramiz va muhtaram Prezidentimizning, jonajon xalqimizning, hurmatli hokimimizning bizga bildirgan ishonchini albatta oqlaymiz.
E’tiboringiz uchun rahmat!
