🎓 “Iqtidor” maktab ansambllari tanlovining Samarqand viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi!

Samarqand shahridagi “Nurafshon” san’at saroyida “Iqtidor” maktab ansambllari tanlovining Samarqand viloyati bosqichi bo’lin o’tdi. Unda tuman va shahar bosqichlaridan saralab olingan 16 ta eng munosib jamoa o‘z iste’dodini namoyon etishdi.
🌟

Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlari yuqori saviyada baholanib, quyidagi natijalar qayd etildi:

🥇 1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on shahar 14-umumta’lim maktabining “Navo” ansambli;
🥈 2-o‘rin — Paxtachi tumani 37-maktabining “Dutorchi qizlar” jamoasi;

🥉 3-o‘rin — Ishtixon tumani 30-maktabning “Gulg‘uncha” ansambli.

G’oliblar boshqarmaning diplom ba esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

⚡️ Barcha g‘olib va sovrindor jamoalarni samimiy muborakbod etamiz! Ularning kelgusidagi ijodiy faoliyatida ulkan zafarlar va yangi yutuqlar tilaymiz.