Joriy yilning 8-may kuni Kattaqo‘rg‘on shahar 13-maktabida “Yilning eng faol maxsus pedagogi” tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tanlovda shahar MMTB mas’uli M.Baxriddinov, KDPI professor-o‘qituvchilari I.Madatov, T.Eshquvvatov hamda maxsus internat maktabi pedagoglari ishtirok etishdi. Tanlov belgilangan 3 ta shart asosida tashkil etilib, shahardagi inklyuziv ta’lim joriy etilgan 5 ta maktabning maxsus pedagoglari o‘zaro bellashdilar.
🔹 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 Fayzullayeva Xosiyatbonu — 17-maktab maxsus pedagogi
➡️ Faxrli 1-o‘rin hamda viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.🥈 Qodirova Madina — 13-maktab maxsus pedagogi
➡️ Faxrli 2-o‘rin🥉 Mirzayeva Feruza — 1-maktab maxsus pedagogi
➡️ Faxrli 3-o‘rin👏 G‘olib va ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
📚 Inklyuziv ta’lim rivoji yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan barcha maxsus pedagoglarga omad va muvaffaqiyat tilaymiz!










