Kattaqo‘rg‘on shahridagi 11-son ixtisoslashtirilgan maktabda umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi psixologlar ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.
Mazkur seminar-treningning asosiy maqsadi 9-11-sinf o‘quvchilarining kasb tanlash jarayonida olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqib to‘g‘ri yo‘naltirish, shuningdek, amaliyotchi psixologlar o‘rtasida ilg‘or tajribalarni almashishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida maktab psixologlari 9-sinf o‘quvchilarini kelgusida texnikumlarga yo‘naltirish jarayonida foydalaniladigan psixologik so‘rovnomalar, kasbiy qiziqishlarni aniqlash metodikalari hamda amaliy yondashuvlar yuzasidan o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.
Seminar-trening yakunida ishtirokchilar tomonidan o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.










