O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan, Samarqand shahridagi 67-DMTTda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Tabiat bolalar nigohida” nomli rasmlar tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 16 nafar qiz va 16 nafar o‘g‘il bola ishtirok etdi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 5-DMTT tarbiyalanuvchisi Usmonjon Ubaydullayev,
2-o‘rin — Narpay tumanidagi 37-DMTT tarbiyalanuvchisi Nazarbek Maqsiddinov,
3-o‘rin — Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-DMTT tarbiyalanuvchisi Abdullajon Isoqjonovga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev tomonidan tantanali ravishda topshirildi.










