KATTAQO’RG’ON SHAHAR 11-MAKTABNING 11-A SINF O’QUVCHISI AZIMOVA MASTONA RUSTAM QIZI O’ZI TANLAGAN YO’NALISH BO’YICHA MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO’LDI !!!
Azimova Mastona O‘zbek tili va adabiyoti fanidan A, Ingliz tili fanidan B2 matematika fanidan C+, Tarix fanidan B+ darajalarni qo‘lga kiritgan.
Ushbu natijalar asosida Azimova Mastona filologiya yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga kirishning maksimal darajasi(189 ball)ni qo’lga kritib, muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatiga ega chiqdi.
Kattaqo‘rg‘on shahar 9-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Amirqulov Javohir Asror o’g’li tibbiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan maksimal 189 balldan — 4 ta sertifikatni qo‘lga kiritib, 178 ballga ega bo’ldi.
Kimyo fanidan A+, Biologiya fanidan A, matematika fanidan B va O’zbek tili va adabiyoti fanidan B darajadagi sertifikatlarni qo’lga kiritgan.
Bu natija yoshlarimizning bilimga intilishi va izlanishlari samarasi ekanini yana bir bor namoyon etmoqda.
KATTAQO’RG’ON SHAHAR 5-MAKTABNING 11-SINF O’QUVCHISI IKROMOVA SABOHAT O’ZI TANLAGAN YO’NALISH BO’YICHA MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO’LDI !!!
Ikramova Sabohat Ingliz tili fanidan B2, Tarix fanisan A, O‘zbek tili va adabiyoti fanidan C+, matematika fanidan C+ darajalarni qo‘lga kiritgan.
Ushbu natijalar asosida Ikramova Sabohat ijtimoiy yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalariga kirishning maksimal darajasi (189 ball) ni qo’lga kiritib, muddatidan oldin talaba bo‘lish imkoniyatiga ega chiqdi.











