💠 YOSHLAR BILAN OCHIQ MULOQOT: imkoniyatlar va maqsadlar haqida samimiy suhbat
☄️Shahar hokimi Gavhar Alimovaning o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 20-maktabda yuqori kayfiyat va samimiy muhitda tashkil etildi.
🫥Uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlar ta’limiga qaratilayotgan e’tibor, zamonaviy maktablar, ta’lim imkoniyatlari va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi. U yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.
Uchrashuv yakunida shahar hokimi barcha yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyat, yuksak natijalar va orzu-maqsadlariga erishish yo‘lida omad tiladi.




