Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

⚡️Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligida shahrimizdagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan 38 nafar bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova bugun mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida navqiron avlod kamoloti yo‘lida beqiyos imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidlarkan, yigit-qizlarni bu imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirdi, umrning yoshlik fasli o‘qib-izlanish, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun eng qulay fursat ekanini qayd etdi.

⚡️Shuningdek, o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 14 nafar bitiruvchilar muddatidan oldin respublikamizdagi xalqaro va dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi.