“Ota-ona va maktab – bola kelajagining ikki qanoti!”

“Ota-ona va maktab – bola kelajagining ikki qanoti!”

🟡 2026-yil 6-apreldan 10- aprel haftaligida maktab direktori O.Salimova tomonidan 5-9-sinf ota-onalari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi.
Yig’ilishda 5-9-sinflarning 75% ota-onalari ishtirok etishdi.
Kun tartibidagi asosiy masala maktabda ta’lim sifatini ko’tarish, 3-chorak natijalari tahlili, maktabda o’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish hamda ta’lim sifatini ko’tarish maqsadida tashkil etilgan fan to’garaklariga qatnashish monitoringi hamda sinflarning ma’naviyat hamda ta’lim sohasida erishgan natijalariga ko’ra ishlab chiqilgan sinflar reytinggi tahlili boyicha olib borildi.
Shuningdek ota-onalar farzandlarining odob-axloqiga va ta’lim olishiga javobgar ekanliklari tushuntirilib, umumta’lim fanlarini o’zlashtirishda ota-onalar mas’uliyatini oshirish bo’yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

 

✏️Kattaqo’rg’on shahar MMTB axborot xizmati!