“OSH SAYLI”

Osh — qalblarni yaqinlashtiradigan mehr va an’ananing ta’midir.”

Kattaqo’rg’on shahar 11-umumta’lim maktabida 2026 -yil 11-aprel kuni 9-11 sinflar o’rtasida  “OSH SAYLI” bo’lib o’tdi.
Osh — oʻzbek xalqining eng asosiy taomlaridan biri bo‘lib, mehmondoʻstlik va birlik ramzi hisoblanadi.
Mehmonimiz bo’lgan
Kattaqo’rg’on shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi mudiri M.Bekova hamda bo’limning barcha xodimlari tashrif buyurib, xursanchiligimizga sherik bo’ldilar.Yong’in xavfsizligi xodimlari ham osh pishayotgan jarayonni kuzatib nazorat qilib turdilar.
O’quvchi  oshpazlar oʻz mahoratini namoyish qilib mazali palovlarni hay’at a’zolariga taqdim qildilar. Yoshi ulug’ o’qituvchilarimiz duolar qilib bir dasturxon atrofida yaxshi niyatlar qilishdi.
O’quvchilar tomonidan musiqa, raqs  oʻyinlar ijro etildi.
Tadbir so’ngida g’olib sinflarimiz maktab ma’muriyatining tashakkurnomalari  bilan taqdirlandi.