HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI

Yoshlar bilan ochiq muloqot: imkoniyatlar va maqsadlar haqida samimiy suhbat

☄️Shahar hokimi Gavhar Alimovaning o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi ochiq muloqot 11-IDUMda yuqori kayfiyat va samimiy muhitda tashkil etildi.

 

🫥Uchrashuv davomida shahar hokimi yoshlar ta’limiga qaratilayotgan e’tibor, zamonaviy maktablar, ta’lim imkoniyatlari va yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida fikr bildirdi. U yoshlarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga va kelajakda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishga chaqirdi.

✨Shuningdek, maktabda fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va turli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar alohida e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa boshqa yoshlar uchun ham katta rag‘bat bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida shahar hokimi barcha yoshlarga o‘qishlarida muvaffaqiyat, yuksak natijalar va orzu-maqsadlariga erishish yo‘lida omad tiladi.