Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Maktabgacha ta’lim samaradorligini oshirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish hamda bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi.

 

Mazkur tadbir doirasida ilg‘or pedagogik yondashuvlar, jumladan, bolani diqqat markaziga qo‘ygan, ijodkorlik va mustaqil o‘rganishga yo‘naltirilgan Reggio Emilia yondashuvi hamda o‘yinga asoslangan ta’lim metodikasi haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Ushbu metodikalar orqali bolalarning tabiiy qiziqishi, erkin fikrlashi va ijodiy salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Seminar-treningda Kattaqo‘rg‘on shahar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining direktor o‘rinbosarlari hamda yetakchi pedagoglar ishtirok etib, o‘zaro tajriba almashdilar. Shuningdek, ishtirokchilar uchun amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, zamonaviy yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir maktabgacha ta’lim tizimida innovatsion metodlarni keng qo‘llash, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish hamda bolalar rivojini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✏️Kattaqo’rg’on shahar MMTB axborot xizmati!