HISOBOT

    

Kattaqо‘rg‘on shahrining ta’lim tizimida 80 ta tashkilot  bо‘lib, shundan 25 ta davlat, 3 ta nodavlat, 4 ta davlat xususiy sherikchilik asosidagi, 26 ta oilaviy  maktabgacha ta’lim tashkilotlari,  17 ta davlat umumta’lim maktablari, 1 ta “Kelajak markazi”, 1 ta maxsus maktab-internat, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 2 ta nodavlat umumta’lim maktablari faoliyat kо‘rsatib kelishmoqda.

 

MAKTABGACHA TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA.

     Shaharda 7958 nafar 3-6 yoshli bolalar bо‘lib, 58 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud. Shundan 25 ta davlat, 4 ta DXSH, 3 ta xususiy va 26 ta oilaviy-nodavlat bog‘chalarga 3-7 yoshdagi 7958 nafar bolalardan 6515 nafari yoki 82,0 foizi qamrab olingan.

     Tarbiyachilarning sifat tarkibiga e’tibor qaratadigan bо‘lsak sо‘nggi yillarda DMTTlarda 360 nafar pedagog hodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. 2025-yilda esa 1 nafar tarbiyachi viloyatda “Yil tarbiyachisi” kо‘rin tanlovida g‘olib bо‘ldi.

 

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARI O‘QITUVCHILARINING SIFAT TARKIBI BO‘YICHA.

     Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 987 nafar pedagog xodimlarning Oliy va birinchi toifali о‘qituvchilar ulushi 403 nafar (41,0 foiz) tashkil etadi. Shahar kо‘rsatgichi о‘tgan yiliga nisbatan 1 % о‘sish kuzatilgan.  О‘qituvchilarning sifat tarkibini yaxshilash maqsadida reja grafiy asosida о‘qituvchilardan APRO testlari olinmoqda. Test natijalariga asosan bо‘shliqlar aniqlanib ular ustida Kasbiy rivojlantirish kunlari va kasbiy rivojlantirish soatlarida muhokama qilinmoqda. Shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyailarning ham bilimlarini mustahkamlash maqsadida APRO testlari tajriba sifati olish boshlandi. Kelgusida tarbiyachilarning bilimlarini mustahkamlash va о‘z toifalarini yuqorilash maqsad qilingan.

 

PEDAGOGLARNING UMUMTA’LIM FANLARINI BILISH DARAJASI BO‘YICHA SERTIFIKATLAR TAHLILI BO‘YICHA.

     Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 987 nafar pedagog xodimlarning 416 nafar (42,0 foiz)ida umumta’lim fanlarini bilish darajasi bо‘yicha sertifikatlari mavjud.  

 

UUMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING OLIY TA’LIM MUASSASIGA KIRISH KO‘RSATGICHLARI TAHLILI BO‘YICHA.

     О‘quvchilarning bilim samaradorligini oshirish maqsadida shahar tajribasi sifatida har oyda bir marotaba 11-sinf о‘quvchilaridan APRO tastlari olinib doimiy ravishda shahar rahbarlari ishtirokida tahlil qilinmoqda.

     2024-2025-yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 841 nafar bitiruvchilarning 308 nafari (36,6 foiz)ga, OTM muassasalariga kirish kо‘rsatkichi 30 foizdan 40 foizga yetkazildi. О‘tgan yili bilan solishtirganda 10 foizga, fanlardan о‘quvchilarni о‘rtacha bali 80.4 baldan 86,0 ballga (+6,0 ball) kо‘tarildi. 2025-yilda 841 nafar bitiruvchilarimizdan 34 nafari OLTIN 4 nafari KUMUSH medallarga ega bо‘lishdi. Ulardan 25 nafari qizlarni tashkil etadi. Jami 841 nafar bitiruvchi 366 nafari OTMga о‘qishga kirgan quvonarlisi shundan 214 nafari ya’ni 59% о‘quvchi qizlarni tashkil etadi. oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirib о‘rtacha bali 86,0 balni tashkil etib viloyatda 2 о‘rin, respublikada 34 о‘rinni egalladi.

 

UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI UMUMTA’LIM VA CHET TILLARINI BILISH DARAJASI SERTIFIKATLAR TAHLILI BO‘YICHA.

     Joriy о‘quv yilida shahar bо‘yicha 16574 nafar о‘quvchilarning 547 nafar (3.3 foiz)ida umumta’lim fanlarini bilish darajasi bо‘yicha sertifikatlari mavjud.  Quvonarlisi 3-maktabning 4-sinf о‘quvchisi Pulatov Ibroximjon chet tilini bilish bо‘yicha V2 sertifikati qо‘lga kiritdi hamda 2-maktabning 11-sinf о‘quvchisi Norqulova Diyora chet tilini bilish darajasi bо‘yicha IELTS 8 darajasini qо‘lga kiritdi.

     Shahardagi 8 ta (2, 3, 8, 9, 11, 14, 17, 18) maktablarda yangi baholash tizimi joriy etilib, о‘rtacha о‘zlashtirish 72.3 foizni tashkil etmoqda.

 

MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH BO‘YICHA.

     Hozirda bо‘lim tasarrufidagi 17 ta umumiy о‘rta ta’lim muassasalarida  jami 16599 nafar о‘quvchilar tahsil olib kelmoqda.

     2024-yilda 2 ta jinoyat (9,14-maktab) 2 nafar ishtirokchilar qayd etilgan bо‘lsa, jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi olib borilgan chora-tadbirlar natijasida о‘tgan yilga nisbatan joriy yil boshidan hozirga qadar  1 ta jinoyat (1-maktab) qayd etildi. 2025-yil davomida
18 nafar о‘quvchilar xorijga ruxsatsiz chiqib ketgan bо‘lib, bugungi kunda 12 nafari ta’limga qaytarildi.

     Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida jami 107 ta tashkil etilgan sport  tо‘garaklar, seksiyatslar va klublarga va fan tо‘garaklariga jami 16599 nafar о‘quvchilardan 12933 nafari (78.0%) о‘quvchilar jalb etilgan.

 

2025-YIL DAVOMIDA O‘TKAZILGAN TANLOVLARDA G‘OLIB BO‘LGAN O‘QUVCHILAR VA JAMOALAR HAQIDA MA’LUMOT.

     Joriy yilda Respublika miqyosida о‘tkazilgan 11-MAKTABNING о‘quvchilari Gruziyada bо‘lib о‘tgan  «FIESTALONIA   GEORGIA»  Xalkaro  tanlovida   milliy cholg‘u  yunalishida  faxrli  1-о‘rinni,  “Yosh gvardiyachi”  tanlovining Respublika bosqichida 1-о‘rin, “Iqtidor maktab ansambli” tanlovining Respublika bosqichida 2-о‘rin, 3-MAKTABNING 8-“G ” sinf о‘quvchisi Shakarova Parvina Shuxrat kizi О‘smirlar о‘rtasidi Iordaniya respublikasining Omman shaxrida о‘tkazilgan Sportning “Boks” turi bо‘yicha 1-о‘rinni hamda Xalqaro ingliz tili olimpiadasi “ELO”ning viloyat bosqichida faxrli 1-о‘rinni, 5-MAKTABNING 3-“A”sinf о‘quvchisi  Jomurodov Qodirjon Mental arifmetika bо‘yicha Dubayda о‘tkazilgan Xalqaro musobaqada 2-о‘rinni egallab viloyat shanini munosib himoya qilishgan.

     Viloyat miqyosida о‘tkazilgan 2-MAKTABNING о‘quvchilari “Yosh qutqaruvchi” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 2-о‘rinni, Yoshlik sport jamoalari  2025  sport musoboqasining “Qо‘l tо‘pi’’ viloyat bosqichida 3-о‘rinni, 5-MAKTABNING 5 tashabbus olimpiadasining Stritbol  sport turi bо‘yicha viloyat miqyosida faxrli 2-о‘rinni, 6-MAKTABNING о‘quvchilari asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida maktabning 9-sinf о‘quvchisi Ikromov Jahongir faxrli 2-о‘rinni hamda 11-sinf о‘quvchisi Rizakulov Komil faxrli 3-о‘rinni, 8-MAKTABNING о‘quvchilari “Siz Ekalogiya qonunlarini bilasizmi” kо‘rik-tanlovoining viloyatda bosqichida faxrli 1-о‘rinni, 14-MAKTABNING о‘qituvchisi Elmurotova Aziza “Raqamli avlod qizlari” tanlovining viloyat bosqichida faxrli 3-о‘rinni, 15-MAKTABNING о‘quvchilari “Huquqshunoslik” fan olimpiadasining viloyat bosqichida 1-о‘rinni, 16-MAKTABNING о‘quvchilari “Soliq bilimdonlari-yosh avlodga” tanlovida viloyat bosqichida faxrli 1-о‘rinni, tomonidan “Kitobxonlik festivali” doirasida о‘tkazilgan “Eng faol kitobxon о‘quvchi” tanlovida  viloyat bosqichida 2-о‘rinni, “Men giyoxvandlikka qarshiman” insholar tanlovida viloyatda 1-о‘rinlarni, 17-MAKTABNING о‘quvchilari tomonidan “Kitobxonlik festivali” doirasida о‘tkazilgan “Eng faol kitobxon о‘quvchi” tanlovida  viloyat bosqichida 2-о‘rinni, “Men giyoxvandlikka qarshiman” insholar tanlovida viloyatda 1-о‘rinlarni, egallab shahrimiz nomini yana bir munosib himoya qilishgan.


О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA HAM QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI:

     2024-2025-о‘quv yilida umumta’lim maktablarini jami 841 nafar 11-sinf о‘quvchilar tugatgan bо‘lib. Shundan:

  • 510 nafari oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirgan;
  • 31 nafari texnikumlarga о‘qishga kirgan;
  • 59 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;
  • 190 nafari о‘z-о‘zini band qilganlar;
  • 21 nafari о‘quv kurslariga;
  • 18 nafari chet elga ketgan;
  • 11 nafari esa doimiy ish bilan band.

     Bundan tashqari 9-sinf о‘quvchilari esa jami 1526 nafar о‘quvchilar tugatgan bо‘lib, shundan;

  • 907 nafari umumta’lim maktablarida 10-sinfni davom ettirish uchun qoldi;
  • 491 nafari kollej yoki texnikumlarga о‘qishga kirdi;
  • 38 nafari akademik litseylariga о‘qishga kirdi;
  • 85 nafari esa boshqa tuman yoki viloyatlarga о‘qishga ketgan;
  • 5 nafari chet elga о‘qish uchun ketgan.

 

О‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARIDA HAM QUYIDAGI ISHLAR AMALGA OSHIRILDI:

2025-2026-о‘quv yilida umumta’lim maktablarini jami 724 nafar 11-sinf о‘quvchilar tugatmoqda, olingan sо‘rovnoma natijalariga kо‘ra.

Shundan:

  • 525 nafari oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga kirish;
  • 51 nafari texnikumlarga о‘qishga kirish;
  • 67 nafari tadbirkorlik bilan shug‘ullanish;
  • 17 nafari о‘z-о‘zini band kasb о‘rganish bilan badn qilish;
  • 21 nafari о‘quv kurslariga borish;
  • 64 nafari chet elga ketish;
  • 17 nafari esa doimiy ish bilan band bо‘lish istaklarini bildirishgan.

Bundan tashqari 9-sinf о‘quvchilari esa jami 1665 nafar bitiruvchilar tahsil olmoqda, shundan;

  • 961 nafari umumta’lim maktablarida 10-sinfni davom ettirish uchun;
  • 494 nafari kollej yoki texnikumlarga о‘qishga kirish;
  • 210 nafari akademik litseylariga о‘qishga kirish istaklarini bildirishdi.

     Shahardagi 6 ta (2 maktabda vebdizaynerlik va tikuvchilik, 5 maktabda tikuvchilik va JAVA dasturchi, 9 maktabda tikuvchi va kompyuter operatori, 11 maktabda tikuvchi va sartaroshlik, 12 maktabda tikuvchi va dasturchi, 15 maktabda tikuvchilik va dasturchi) maktablarda 366 nafar о‘quvchilarga kasbga о‘rgatish yо‘lga qо‘yilgan.

 

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.

     2025 yilda jami 5 mlrd 223 mln sо‘m pul mablag‘lari ajratilgan.

     Jumladan; Tashabbusli byudjet uchun 2 mlrd 5 mln sо‘m, maishiy texnik jixozlar uchun 350 mln sо‘m, maishiy xujalik jixozlari uchun 676 mln sо‘m, issiklik tizimi va quyosh panellari uchun 897 mln sо‘m, boshka xarajatlar uchun 800 mln sо‘m pul mablag‘lari ajratilib qurilish ta’mirlash va jixozlash ishlari amalga oshirildi. 

 

UMUMTA’LIM MAKTABLARI MODDIY-TEXNIK BAZASINI YAXSHILASH MAQSADIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR.

         2025 yilda Tashabbusli byudjet uchun 1 mlrd. 911 mln sо‘m, qurilish ta’mirlash ishlari uchun 183 mln sо‘m, kuyosh paneli uchun 521 mln sо‘m, isitish tizimi 160 mln sо‘m, rahbatlantirishlar uchun 235 mln sо‘m, о‘quv jihozlari uchun 86 mln sо‘m, kasbga yunaltirish ishlari uchun 108 mln sо‘m, elektron jixozlar uchun 179 mln sо‘m, maishiy xizmatlar uchun 117 mln. sо‘m pul mablag‘lari ajratilib qurilish ta’mirlash va jixozlash ishlari amalga oshirildi. 

     2025-yil yakunlari bо‘yicha 754 mln 831 ming sо‘m mablag‘ maktablar tomonidan byudjetdan tashqari topilgan mablag‘lar bо‘lib о‘rta bir о‘quvchiga 45ming sо‘mdan tо‘g‘ri kelgan.

 

2026 YILDAGI USTUVOR VAZIFALAR

     4 ta oilaviy nodavlar maktabgacha ta’lim tashkiloti (200 о‘rinli) ochilish hamda 300 ta bо‘sh о‘rinlarni tо‘ldirish evaziga shaharda 3-7 yoshdagi bolalarning maktabgacha qamrovini 91,4 foizga yetkazish.

 

TA’LIM SIFATINI YAXSHILASH BO‘YICHA:

      2025-2026 yil о‘quv yili yakuni bо‘yicha 729 nafar bitiruvchilarning о‘rtacha bali 86,0 baldan 92,0 balga kо‘tarilib respublikada 25 о‘ringa kо‘tarilish.

     Shahardagi 17 maktablarda yangi baholash tizimi joriy etilib, о‘rtacha о‘zlashtirish 5 balga kо‘tarilib 74,3 balni tashkil etish.

     2026-2027 о‘quv yilida 8 nafar xorijiy mutaxassis (pedagog) jalb etilishi rejalashtirilgan.

     Umumiy о‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan о‘quvchilarning chet tili fanidan tilni bilish sertifikati 4,0 foizga kо‘tarish.

     Asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida 7 nafar о‘quvchi g‘oliblikni qо‘lga kiritib bu kо‘rsatkich bо‘yicha viloyatda 7 о‘rinni egallash reja kiritdik.

     Shahardagi 6 ta (2 maktabda yosh dasturchi, 5 maktabda kompyuter operatori, 9 maktabda yosh dasturchi, 11 maktabda kompyuter operatori,
     12 maktabda kompyuter operatori, 15 maktabda kompyuter operatori) maktablarda 435 nafar о‘quvchilarga kasbga о‘rgatish ishlari amalga oshiriladi.

     Shahardagi faoliyat kо‘rsatayotgan pedagog-xodimlarning sifat tarkibini 41 foizdan 44 foizga oshirilib, mutaxasis toifali о‘qituvchilar ulushi 20 foizga kamaytiriladi.

     2026 yil davomida bо‘lib о‘tgan Pedagog kadrlar attestatsiyasida 952 nafar xodimlar ishtirok etishi 396 nafari (41,6 foiz) ijobiy natija qayd etishi rejalashtirilgan.

     2026 yil davomida menejerlik о‘quv kurslariga 11 nafar (4 ta maktab, 7 ta DMTT) amaldagi direktorlar jalb qilinib, 11 nafari (100 foiz) kursni muvaffaqiyatli tugatadi va sertifikatni qо‘lga kiritadi.

     2026 yil davomida jami pedagoglarning 284 nafari malaka oshirish kurslariga jalb qilinadi.

     Kasbiy rivojlantirish kuni doirasida 159 nafar yetakchi о‘qituvchilar kasbiy rivojlantirish soatlari doirasida 646 nafar tinglovchilar о‘qitiladi. Shuningdek KRK kunlari maktabdagi pedagoglar doimiy ravishda APRO testlarini olib xar xafta maktab rahbariyati tomonidan muhokama yig‘ilishlari о‘tkaziladi. 

 

MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASH.

     Investitsiya dasturi doirasida 12-maktabga 240 о‘rinli yangi qо‘shimcha bino, 3 ta DMTT (9-DMTT 180 о‘rinli binosi mukammal ta’mirlash, 17-DMTT 180 о‘rinli, 23 DMTT 180 о‘rinli) bino rekonstruksiya qilinadi.

     2026 yilda 4 ta (3-, 14-, 16-, 17-)maktablarga kompyuter jamlanmasi beriladi.

     Mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 17 ta maktab (3,3 mlrd) va 24 ta DMTTlar (13,6 mlrd) joriy ta’mirlash va kuz-qish mavsumi uchun mablag‘ ajratilishida shahrimiz hokimimizdan amaliy yordam kо‘rsatishda iltimos qilamiz .

 

BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘ TOPISH.

     Ta’lim tashkilotidagi bо‘sh yerlarini ijaraga berish va qо‘shimcha ta’lim xizmatlarini yо‘lga qо‘yish orqali 854 mln sо‘m mablag‘i jamg‘ariladi va bu mablag‘ har bir о‘quvchi uchun 51,0 ming sо‘mdan tо‘g‘ri keladi.