Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo’yicha o’quv-seminar o’tkazildi.

Joriy yilning 23-may kuni Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tubdan yaxshilash va tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi, sifatli ta’lim-tarbiya olishi, sanitariya talablariga rioya qilinishi hamda sog‘lom ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish masalalari hamda bolalar uchun munosib muhit yaratish, tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish va ota-onalar ishonchini mustahkamlash yuzasidan o‘quv-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda shahar hokimi o‘rinbosari J.G‘aniev, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining ma’sul xodimlari hamda Sanepid qo‘mita shahar bo‘limi tomonidan nodavlat MTTlar faoliyatini namunaviy tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Xususan, tashkilotlarda gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va saqlanishi, bolalar uchun belgilangan ratsion hamda ovqatlantirish me’yorlariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.

 

Kattaqo’rg’on shahar MMTB axborot xizmati.