O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevraldagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo’nalishlar bo’yicha islohotlar dasturlari va “O’zbekiston-2030″ strategiyasini amalga oshirish bo’yicha davlat dasturi to’g’risida” PF-22-son Farmoni bilan tasdiqlangan “Maktab va mahalla yoshlari yetakchilari orqali o’quvchilarni texnikumlarda o’qitiladigan kasb va mutaxassisliklar bilan tanishtirish uchun maktablarda “Kasb tanlash haftaligi” tadbirlarini va kasbga yo’naltirish ishlarini tashkil etish maqsadida Kattaqo’rg’on shahridagi 2-maktabda 7-11-sinflar ishtirokida tadbir o’tkazildi.
Maktab va sinf rahbarlari, texnalogiya oʻqituvchilar hamda oʻquvchilar qatnashgan tadbirda, kasblar haqida, bugungi kundagi yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va o’z faoliyatlari haqida gapirdilar.
✏️Kattaqo’rg’on shahar MMTB axborot xizmati










