🎓Shahrimizdagi 11-sonli umumta’lim maktabi sobiq bitiruvchilarining qalblari o‘zgacha hayajon va sog‘inchga to‘ldi. Oradan roppa-rosa 20 yil o‘tib, qadrdon maktab ostonasiga qayta qadam qo‘ygan bitiruvchilarning uchrashuvi chinakam bayramga aylandi.
🇺🇿Ushbu quvonchli va tarixiy lahzalarda shahar hokimi Gavhar Alimova ham ishtirok etib, sobiq bitiruvchilarni samimiy qutladi va ularning kelgusi ishlariga zafarlar tiladi.
Bugun ularning har biri hayotda o‘z yo‘lini topgan, turli soha va lavozimlarda el-yurt rivoji, Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan xizmat qilib kelmoqdalar.
Uchrashuv davomida maktab direktori O.Salimova mehmonlarni ta’lim muassasasida yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan tanishtirdi. Yangilangan sinf xonalari, partalar va jonajon yo‘laklar sobiq bitiruvchilarning bolalikdagi eng go‘zal va yorqin xotiralarini yodga soldi. Ayniqsa, yillar davomida sog‘ingan, ularga nafaqat fan sirlarini, balki hayot maktabini o‘rgatgan ustozlar bilan o‘tgan samimiy va dildan suhbat barchaga o‘zgacha ruh, cheksiz minnatdorlik tuyg‘usini baxsh etdi.







